Diana Yenikeyeva: majburiy mehnat qurbonimi yoki vijdonli inson namunasi!?

© StringerXashar v perevode s arabskogo yazika oznachayet sovmestniy trud, blagotvoritelnost. V sovremennom Uzbekistane xashar oznachayet to je, chto subbotnik — bezvozmezdnaya uborka territorii silami grajdan.
Xashar v perevode s arabskogo yazika oznachayet sovmestniy trud, blagotvoritelnost. V sovremennom Uzbekistane xashar oznachayet to je, chto subbotnik — bezvozmezdnaya uborka territorii silami grajdan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hashar - ayrim OAVlar bong urayotgani kabi - majburiy mehnatga jalb qilish emas, balki millatni birlashtirib turadigan ming yillik an’ana, har bir o‘zbekistonlikning fuqarolik burchidir. Shu bois, hamkasblarimni, biror fojiaga rakurs tanlayotganda tor doirada fikrlashga emas,balki kengroq mushohada qilishga chaqiraman

TOShKENT, 19 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘tgan haftada O‘zbekiston matbuoti va ayrim xorijiy OAVlar Samarqand viloyatida majburiy tozalash ishlariga chiqarilgan 23 yashar o‘qituvchi yuk mashinasi tagida qolib halok bo‘lgani haqida bong urdi.

Bu fojea tufayli matbuotda navbatdagi og‘riqli masalalardan biri — o‘qituvchilarning jamoat ishlariga jalb qilinishi, bu holatga chek qo‘yib bo‘lmasligi haqida ko‘plab xabarlar va mulohazalar chop etildi. Eng achinarlisi, har bir fojiadan allaqanday manfaat qidiradigan ayrim nashrlar endilikda halok bo‘lgan o‘qituvchining oilasi qancha tovon puli olishini hisoblash bilan shug‘ullanmoqda…

Fojea haqida qisqaroq

2018 yil 14-mart kuni — Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan tozalik va obodonlashtirish kunlarida — Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida magistral yo‘lni tozalash ishlari davomida tumandagi 42-o‘rta maktab o‘qituvchisi, 23 yoshli Diana Yenikeyeva yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan.

Prezident matbuot-kotibiga murojaat

Ushbu fojiadan  so‘ng mahalliy nashrlardan biri hokimlar prezident kelishidan sal oldin asosan o‘qituvchilarni katta va kichik yo‘l yoqalariga chiqarib, tozalash ishlariga "majburlaydilar", degan savol bilan prezident matbuot-kotibidan ushbu hodisaga izoh berishni so‘radi.

Prezident matbuot-kotibi, Xalq ta’limi o‘rinbosari, qolaversa Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi mutasaddilari Diana Yenikeyeva bilan yuz bergan fojiaga o‘zlarining rasmiy munosabatlarini bildirdilar.

Ular tomonidan bu fojea ekanligi aytildi va Diananing oilasiga chuqur hamdardlik bildirildi.

Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi boshqarmasi hatto Diananing bu ishlarga majburan jalb qilinmaganligini aytishga majbur bo‘ldi.

Majbur bo‘ldi!

Chunki mahalliy OAVlarda bo‘rttirib ko‘rsatilayotgani kabi — hashar O‘zbekistonda bu majburiy mehnat shakli emas, ta’kidlab o‘tmoqchiman — bu o‘zbek xalqining azaliy, ming yillik betakror an’analaridan biri.

Hamma ham nafaqat o‘z ust-boshi, turar joyi, balki o‘zi yashaydigan uy atrofini ham toza tutishi kerak.

Jamoa bo‘lib o‘zi yashaydigan hududni toza tutish, obodonlashtirish singari go‘zal bir an’ana esa — xalqni jipslashtirishga, hamjihat bo‘lishiga xizmat qiladi. Qolaversa, hashar — atrof-muhitni asrash uchun amalga oshiriladigan ishdir.

Diana — baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi, uning qismatida shu yozilgan ekan. Ammo bu hasharga chiqqan hammani ham Diananing qismati kutadi degani emas.

Navro‘z arafasida ham har bir tashkilot, har bir muassasa bu ommaviy tadbirda ishtirok etadi. 

Zamestitel predsedatelya Narodnogo obrazovanie Alisher Sadullayev - Sputnik O‘zbekiston
Vazir o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev o‘qituvchilarni tinch qo‘yishga chaqirdi
Diana Yenikeyevaning ommaviy hashar tadbiridan o‘zini olib qochmagani, bosh tortmagani esa — uning vijdonli bo‘lganidan dalolat beradi.

Dianani tozalash ishlariga hokimiyatning buyrug‘i emas, vijdoni olib chiqqan. U o‘zining fuqarolik burchini ado etishga chiqqan.

Ayrim nashrlar esa, endi davlat Diananing oilasiga qancha tovon puli to‘lashini hisoblar ekan, bunda ularning yashirin niyatlari bo‘y ko‘rsatmoqda.

Chunki keyingi xabarlarning mazmunini ham oldindan taxmin qilsa bo‘ladi: endi OAVlar Diananing oilasi kam olsa "ana kam beribdi", ko‘p olsa "shuncha pulni nima qilarkin" degan mavzularda maqolalar yozib, o‘z mushtariylarini axborot bilan ta’minlaydilar.

Aytgancha, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on hokimligi Diana Yenikeyeva fojeasi yuzasidan o‘z rasmiy bayonotini e’lon qilgani yo‘q. Lekin, surishtiruv ishlari o‘z yakuniga yetishi bilan bu haqda rasman e’lon qilishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0