TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Pokiston Oliy sudi juma kuni mamlakatning sobiq Bosh vaziri Navozi Sharifga siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishni umrbod ta’qiqladi, deb xabar qilmoqda Pokistonning mahalliy Dawn nashri.
Ilgariroq Pokiston Oliy sudi Navozi Sharifni "Pokiston musulmon ligasi" partiyasi yetakchiligidan chetlashtirgan edi.
2017 yilning iyulida Pokiston Oliy sudi Sharifni mamlakat Bosh vazirligi lavozimidan chetlashtirgan edi. Navozi Sharif bu lavozimni "Panama hujjatlari" e’lon qilinganidan so‘ng uch marotaba (1990-1993, 1997-1999 i 2013-2017 yillarda) egallagan.
Panama hujjatlari Bosh vazir farzandlari ofshor firmalariga egalik qilishganini ko‘rsatib bergan.
Oliy sud komissiyasi qoshidagi maxsus tergov guruhi tomonidan o‘tkazilgan dastlabki surishtiruv ishlari o‘tgan yilning yoz faslida nihoyasiga yetgan va shundan bir oz vaqt o‘tib komissiya bayonotiga asoslangan holda mamlakat Oliy sudi tergov figurantlariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish qarorini chiqargan edi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Sharif Londonda ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan, ikkinchidan u Saudiya Arabistonida Azizia Steel va Hill Metal kompaniyalariga asos solgan va 16ta ofshor kompaniyalarida o‘z ulushlariga ega bo‘lgan.
Navozi Sharifga uning amaldor sifatida rasmiy daromad manbaidan ortiq bo‘lgan aktivlarga egalik qilish ayblovi qo‘yilmoqda.