TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Avstriya politsiyasi bir necha o‘nlab kishilar hayotiga zomin bo‘lganlikda gumonlanayotgan killerni qo‘lga oldi, deb xabar qildi RIA Novosti Kronen Zeitung nashriga tayangan holda.
Nashr xabariga ko‘ra, 35 yashar Atif Z. Avstriyaga Vengriyadan noqonuniy ravishda kirishga urinmoqchi bo‘lgan pallada qo‘lga olingan.
Ayblov materiallariga ko‘ra, erkak keyingi vaqtlarda killerlikdan voz kechib, odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan "biznesning eng daromadli turi" bilan shug‘ullanishga kirishgan.
U nolegal migrantlarni Serbiya va Vengriya orqali Avstriyaga tashish bilan shug‘ullangan. Ya’ni Atif o‘z biznesini Serbiya va Vengriya hukumatlari tomonidan 2016-yildayoq yopiq deb e’lon qilingan g‘arbiy-bolqon migratsiya yo‘li orqali amalga oshirgan.
Pokistonlik Vengriya shossesining M60 kilometrida, Boli yaqinida qo‘lga olingan, deyilgan xabarda.