TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Vashington Ankaraga Rossiyaning S-400larini xarid qilishni maslahat bermaydi va Turkiyaga alternativ zenit raketa majmualarini taklif etishga tayyor, deb bayonot qildi AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis.
"Hozir shunday holat ro‘y berayaptiki, hududlardan biriga umuman bir-biriga zid raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini olib kirilmoqda. Va bu holat NATO manfaatlariga xizmat qilmasligi shubhasiz", — degan u vakillar palatasining qurol-yarog‘lar bo‘yicha qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan eshituvda.
Shu bilan birga Pentagon rahbari, Vashington Anqara bilan muzokaralar o‘tkazayotganini va Turkiyaga Shimoliy alyans standartlariga muvofiq tizimlarni yetkazib berishga tayyorligini qayd etgan, deb yozadi RIA Novosti.
Ilgariroq Rossiya va Turkiya S-400ni yetkazib berilishini tezlashtirishga kelishib olgani haqida ma’lum bo‘lgan edi. Bu qaror Vladimir Putinning aprel oyida Toyib Erdo‘g‘on bilan o‘tkazgan uchrashuvi yakunida qabul qilingan. Ikki davlat yetakchilari shuningdek, ZRK ustida istiqbolda birgalikda ish olib borish hamda majmualarga hamkorlikda xizmat ko‘rsatish masalalarini ham muhokama qilgan.