TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Toshkent shahar IIBB shahar ko‘chalarini ifloslantirayotgan qurilish tashkilotlariga qarshi tozalik reydlari boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ayni damda Toshkentda ko‘plab qurilish maydonlari mavjud. U yerga qurili materiallari olib kelayotgan yoki qurilish chiqindilarini olib chiqayotgan yuk avtomobillari shahar ko‘chalarini ifloslantirmoqda.
O‘tgan yilning oktabr oyida barcha qurilish maydonlarini u yerdan chiqayotgan yuk avtomobillarining g‘ildiraklarini yuvish maslamalari o‘rnatish haqidagi qarori chiqqan edi. Lekin o‘tgan davr mobaynida bu shahardagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatmadi.
Qurilish tashkilotlarining aksariyati hokimiyatning ushbu talabini bajarmayapti. Buning oqibatida shahar ko‘chalarining ifloslanishi ortib, havodagi chang miqdori ham oshib bormoqda. Qurilish maydonlari atroflari tanib bo‘lmas ba’zan o‘tib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgan.
IIBB shahar orqali qurilish materiallari olib o‘tganda ma’lum qoidalarga bo‘y sunish kerakligini eslatib qo‘ymoqda. Masalan tuproq, qum, qurilish chiqindilarini tashiyotgan avtomobillarda ortilgan yuk avtomobil bortidan baland bo‘lsa, uni brezent bilan yopish talab qilinadi.
Kuzgi-qishgi mavsumda yuk mashinalari o‘tayotgan ko‘chalar qurilish chiqindilari, qum va tuproqdan tozalanishi kerak. Ushbu qoidalarga amal qilinmagan hollarda qurilish tashkilotlari rahbarlariga Ma’muriy javobgarlik kodeksining 147 moddasiga binoan (Yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish) jarima solinishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik kodeksida ushbu qoidabuzarlik uchun eng kam oylik maoshning 10 baravariga teng miqdorda jarima solinadi.