Toshkent viloyatining ayrim hududlarida qurilish uchun yer ajratish vaqtincha taqiqlandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishStroiteli osushestvlyayut montaj stenovix paneley sokolnogo etaja mnogokvartirnogo jilogo doma
Stroiteli osushestvlyayut montaj stenovix paneley sokolnogo etaja mnogokvartirnogo jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilovada bosh reja loyihasi ishlab chiqilayotgan Toshkent viloyatining aholi punktlari ro‘yxati ham e’lon qilindi

TOShKENT, 16 dek – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Qaror O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi.

Toshkent shahar hududini yanada kengaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

Hujjatga muvofiq, Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlari bo‘yicha bosh reja loyihasini ishlab chiqishda ushbu aholi punktlari hududlari uchun jismoniy va yuridik shaxslarga qurilish uchun yer ajratish, binolar, inshootlar va boshqa obyektlar, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish, shuningdek, ularga ruxsatnomalar berish borasida vaqtinchalik taqiqlar joriy etildi.

Shu bilan birga, ushbu taqiqlar O‘zbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yildi.

Qarorga ilovada bosh reja loyihasi ishlab chiqilayotgan Toshkent viloyatining aholi punktlari ro‘yxati ham e’lon qilindi.

Ushbu ro‘yxatga Zangiota tumanidagi O‘zgarish, Zangiota va Xonobod QFY hududi, Qibray tumanining O‘nqo‘rg‘on, Salar, Tuzel, Yangiobod QFY, Toshkent tumanining Choshtepa, Hasanboy, Yunusobod QFY, Quyichirchiq tumanining Toshloq QFY, O‘rtachirchiq tumanining Qumovul QFY, Yuqorichirchiq tumanining Arganchi, Istiqlol, Surankent, Tinchlik, Bordonko‘l QFY hamda Yangiyo‘l tumanidagi A.Ortiqov QFY hududlari kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0