TOShKENT, 12 apr — Sputnik. "GM Uzbekistan" AJ tashabbusi bilan Toshkent shahrida hamda Andijon viloyatining Bo‘z va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida hindistonlik mutaxassislart tomonidan bemorlar bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazilishi tashkillashtirildi, deb xabar qildi SputnikO‘zbekiston muxbiri.
Tibbiy ko‘riklar "Clinic Pro" diagnostik markazlarda o‘tkazildi.
Hindiston Sarvodaya gospitalining onkologiya, nefrologiya va kardiologiya yo‘nalishlardagi yetakchi shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib, maslahatlar berildi.
Xususan, Toshkent shahrida — 200 nafar, Qo‘rg‘ontepa tumanida — 130 nafar, Bo‘z tumanida — 85 nafar bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ko‘rik natijalari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan davolanish sxemalari tushuntirilib, zarur maslahatlar berildi.
"Clinic Pro" va "Sarvodaya" gospitali o‘rtasida bunday tajriba almashish muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olindi. Shuningdek, hindistonlik shifokorlar ishtirokida hamkorlikda bemorlarga jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga kelishuvga erishildi.