O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish taklif qilinmoqda

Obuna bo‘lish
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eng kam ish haqining 10 baravari miqdorda bir martalik yig‘im to‘langandan keyin amalga oshiriladi.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri prezident qarori loyihasiga asoslangan holda xabar qildi.

Mujchina za rulem - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqi beriladi

Hujjat ishlab chiquvchilar fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish taklif qilishmoqda.

Muammo nimada

Yaqinda yer tuzish va kadastr organlari tomonidan o‘tkazilgan respublika ko‘chmas mulk fondining yalpi xatlovi shaxsiy turar-joy qurish sohasida asosan qishloq joylarida qonuniylikni ta’minlash borasida tizimli kamchiliklar va jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatdi.

Xususan, uy-joyni sotib olish va qurishning qonuniy mexanizmlari mavjud bo‘lishiga qaramay minglab fuqarolar ko‘p yillar davomida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida noqonuniy shaxsiy turar-joylarni barpo etgan.

Bunday holatlarning yuz berishiga davlat organlar birinchi navbatda joylardagi mahalliy ijro, shu jumladan, yer kadastri, arxitektura va qurilish sohasidagi vakolatli organlarning yo‘l qo‘yganliklari sabab bo‘ldi.

Toshkentda kvartira egalariga kadastr pasportlari beriladi

Bugungi kunda fuqarolarga shaxsiy turar-joy qurish uchun noqonuniy ravishda yer uchastkalarini muayan to‘lov evaziga berish bo‘yicha fermer va dehqon ho‘jaliklarining til biriktirish faktlari mavjud. Natijada ushbu muammo butun respublika bo‘yicha ommaviy tus oldi va uy-joyga zarur hujjatlarning mavjud emasligi aholida boshqa ijtimoiy muammolarning kelib chiqishiga, xususan haqiqatda yashab turgan joyga propiska qilinishi, mulk huquqiga ega bo‘lishi va uni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligiga olib keldi.

O‘zbekiston prezidentining virtual qabulxonasiga fuqarolarning turar joyiga kadastr hujjatlarini berishni so‘rab 5 mingdan ziyod, deputatlar, senatorlar, mahalliy ijro hokimiyati organlari mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda — 3 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.

Nima qilish kerak

Hujjat 2018-yil 31-dekabrdan boshlab, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga nisbatan mulk huquqini ushbu obyektga o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bir qator shartlar asosida oladi.

Xususan, ushbu yer uchastkasi (uchastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashmagan bo‘lsa.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s novimi domami, postroyennim v Yashnabadskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi

Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmasa, shuningdek uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligi shart.

Qayd etilishicha, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi eng kam ish haqining 10 baravari miqdorda bir martalik yig‘im to‘langandan keyin amalga oshiriladi.

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi tan olinishi mumkin bo‘lmagan holatlar hukumat tomonidan belgilanadi.

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi ko‘chma mulkka bo‘lmagan tan olinishi tan olish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish komissiya tavsiyasiga binoan yoki tuman yoki shahar hokimi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0