TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Xitoyning "Jongtong Bas end Xolding Ko LTD" kompaniyasi "O‘zavtosanoat" bilan hamkorlik qilish istagini bildirdi, deb xabar qilmoqda Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.
Tashkil etilganiga 40-yil bo‘lgan "Jongtong Bas end Xolding Ko LTD" kompaniyasi asosan shaharlararo va turistik avtobuslar ishlab chiqaradi. Birgina 2017-yilda 20 000 ta har xil modelda avtobus tayyorlangan, 3000 dan ortig‘i eksport qilingan. 2018-yilning o‘tgan davrida esa 2000 mingtasi eksportga jo‘natilgan.
Kompaniya bugungi kungacha O‘zbekistondagi turistik tashkilotlarga yuzdan ortiq avtobus sotgan.
Jo‘rayev bilan muzokaralar chog‘ida kompaniya rahbariyati O‘zbekistonga, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari bozoriga turistik avtobuslar yetkazib berish istagida ekanligini ta’kidlagan.