Xorazmda budjet tashkilotlari oyliklari to‘lanishi vaqti nazoratga olindi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sum
Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyati mutasaddilari budjet tashkilotlari xodimlari maoshi o‘z vaqtida to‘lanishi uchun sharoit yaratdilar

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Xorazm viloyatida 5-aprel sanasiga qadar barcha budjet tashkiloti xodimlarining mart oyining 2-yarmi uchun ish haqlari to‘liq to‘lanishi nazoratga olindi, deb xabar berilgan Xorazm viloyati hokimligi saytida.

Ilgizar Sabirov Xorazm viloyatiga hokim etib tayinlandi

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 2-aprel kunida Moliya bosh boshqarmasi budjet tashkiloti ishchilarining maoshlarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash maqsadida 33,0 milliard so‘m miqdorida maqsadli transfert mablag‘lari ajratgan. Natijada hududiy g‘azna hisob raqamlarida ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun yetarli miqdorda mablag‘lar shakllantirilgan.

Shu bilan birga budjet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan g‘aznachilik organlariga taqdim etilgan to‘lov hujjatlari asosida joriy yilning 5-apreligacha mart oyining 2-yarmi uchun ish haqlari barcha budjet muassasalari tomonidan taqdim qilingan so‘rovnomalar asosida jami 52,1 milliard so‘m to‘liq moliyalashtirilishi ta’minlanganligi aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, xodimlarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha budjet tashkilotlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish va tegishli to‘lov hujjatlarini g‘aznachilik organlariga o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan tegishli tarmoq boshqarmalari hamda budjet tashkilotlari bilan amaliy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilganligi ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0