TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Ilgizar Sabirov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti rasmiy sayti.
"O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining qaroriga muvofiq: Ilgizar Matakubovich Sabirov Xorazm viloyatining hokimi lavozimiga tayinlansin" — deyiladi O‘zbekiston rahbarining 2017-yil 4-sentabrda imzolangan PF-5182-son farmonida.
Eslatib o‘tamiz, viloyatning avvalgi hokimi Po‘lat Bobojonov prezident farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri etib tasdiqlangan edi.