TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekiston yengil avtomobillar ishlab chiqarishni 44,7%ga oshirdi va yuk mashinalari ishlab chiqarilishini deyarli shuncha miqdorga qisqartirdi. Bu ko‘rsatkichlar nimaga bog‘liqligi haqida avtomobillar bo‘yicha ekspert Igor Morjaretto fikr bildirdi.
"Mamlakatda yengil avtomobillarga bo‘lgan talab o‘ta katta, u yerda odamlar mashina olish uchun ba’zan yillab navbatda turadilar. Ishlab chiqarilgan mashinalarning kattagina qismi valyuta evaziga boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi, ichki talabni qondirish uchun zavod hozircha quvvatni oshira olmaydi. Yuk mashinalari bilan bog‘liq vaziyat esa aksincha — ular asosan ichki bozor uchun ishlab chiqariladi va defitsit emas", — deya izoh berdi ekspert.
Morjarettoning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda boshqa brenddagi avtomobillarning yo‘qligi avtomobil bozori bilan bog‘liq vaziyatni yanada murakkablashtiradi.