Dunyodagi eng achchiq qalampirni yesa nima bo‘ladi?

© AP Photo / Ajit SolankiIndianka smotrit na ekran svoyego mobilnogo telefona vo vremya sbora urojaya krasnogo persa v Gandinagare, Indiya
Indianka smotrit na ekran svoyego mobilnogo telefona vo vremya sbora urojaya krasnogo persa v Gandinagare, Indiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘ttiz to‘rt yashar bemorga dunyodagi eng "zahar" qalampir hisoblangan "Karolinalik o‘roqchi"ni yeb ko‘rish taklif etildi

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Tibbiyotchilar dunyodagi eng achchiq "Karolinalik o‘roqchi" qalampiri inson organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgandilar. Ular o‘z kuzatuvlarini BMJ Case Reports jurnalida e’lon qilgan.

Peres krasniy ostriy - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘istonda paxta o‘rniga qizil qalampir ekiladi
Buning uchun ular 34 yashar bemorga qalampirni yeb ko‘rishni taklif qilishgan. Natijada bemorning boshi va bo‘yni keskin og‘riy boshlagan va bu holat bir necha kun davom etgan. Shu bilan birga unda talaffuz buzilishi, ko‘rish qobiliyati susayishi yoki madorsizlik singari belgilar kuzatilmagan.

Kompyuter tomografiyasi miyada bir necha arteriyalar qisqarganini aniqlagan. Shifokorlar erkak miyada qon aylanishi buzilishi dardidan aziyat chekayotganini aniqlaganlar. Bunday vaqtda o‘tkir bosh og‘rig‘i kuzatiladi.

Oradan besh hafta o‘tib hammasi normaga tushgan: og‘riqlar bemorni tark etgan, arteriyalar ham avvalgi holatiga qaytgan.

"Karolinalik o‘roqchi" — dunyodagi eng achchiq qalampir sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan chili navidir. Har yili butun dunyo bo‘yicha odamlar qalampirni eng tez yeyish bo‘yicha rekordni yangilashga urinadilar. Ayni vaqtda rekord Ueyn Aldjenioga tegishli, u 2016 yilda 119 gramm qalampirni bir daqiqa ichida yegan.

Yangiliklar lentasi
0