Ashxabodda Berdimuhamedovning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi muhokama qilindi

© Nuz.uzFlagi Uzbekistana i Turkmenistana
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari tahlil qilindi

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Ashxabod shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarda Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi muhokama qilindi.

"O‘zbekiston-Turkmaniston siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida 2018-yilning 9-10 aprel kunlari Ashxabod shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi", — deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvohidov boshchiligidagi delegatsiya va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va Turkmaniston tashqi siyosat idorasi rahbari o‘rinbosari Vepa Xadjiyevlar ishtirok etdi.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

Xabarda bildirilishicha, uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari tahlil qilindi.

"Suhbatda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifi dasturi va kun tartibi loyihalari muhokamasiga asosiy e’tibor qaratildi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalari ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifini amalga oshirgandi. O‘tgan yilning may oyi oxirlarida ikki davlat rahbarlari Turkmanistonning Kaspiy dengizi sohilidagi "Avaza" milliy turistik zonasida uchrashishgandi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, ko‘plab ikki tomonlama hujjatlar imzolangandi.

Yangiliklar lentasi
0