O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

© Sputnik / Sergey PatakovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida 1,65 ming km uzunlikdagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha muzokaralar jarayoni mart oyida qayta tiklangandi

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiya ishchi demarkatsiya ishini jadallashtirish, kelgusi yilda yig‘ilishlarning va dala ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Glavi MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston TIV rahbarlari tarixiy hujjatni imzoladilar

Xabarda aytilishicha, 2017-yil 1-6 dekabr kunlari Toshhovuz shahrida (Turkmaniston) O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiya ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

"Muzokaralar davomida 2017-yilda olib borilgan dala ishlarining natijalari sarhisob qilindi. Uchrashuvlar chog‘ida demarkatsiya ishini jadallashtirish, kelgusi yilda yig‘ilishlarning va dala ishlarni intensivlashtirishga kelishib olindi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra bayonnoma imzolandi", — deyilgan xabarda.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida 1,65 ming km uzunlikdagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha muzokaralar jarayoni mart oyida qayta tiklangandi.

Yangiliklar lentasi
0