TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan G‘ayrat Botirovich Hidoyatov respublika bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bu haqda prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. U bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident davlat maslahatchisi bo‘lib ishlagan Otabek Murodov mamlakat bosh prokurori etib tayinlangandi.
Murodov 2015-yil aprelidan respublika bosh prokurori bo‘lgan, hozirda Davlat xavfsizlik xizmati (avvalgi MXX) raisi sifatida faoliyat yuritayotgan Ixtiyor Abdullayevning o‘rniga ushbu lavozimni egallagandi.