TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasida navbatdagi tayinlov amalga oshirildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga boshliq tayinlandi.
O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq adliya katta maslahatchisi Akmalxo‘ja Mavlonov ushbu lavozimni egalladi.
Akmalxo‘ja Mavlonov bunga qadar Xorazm viloyati prokurori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.