Yoshlar ittifoqi delegatsiyasi o‘zbek yoshlari bilan uchrashish uchun Rossiyaga safar qiladi

© Press-slujba MMSMnogofunksionalniy migratsionniy sentr
Mnogofunksionalniy migratsionniy sentr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya o‘zbekistonlik yosh mehnat migrantlarining faoliyati, yashash sharoitlari bilan tanishadi hamda yashash uchun noqulay sharoitlarda mehnat qilayotgan yigit-qizlarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘mak beriladi

TOShKENT, 25 okt – Sputnik. 30-oktabrdan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining Rossiya Federatsiyasiga safari boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ijtimoiy tarmoqdagi guruhida xabar berilmoqda.

Aktivisti molodejnogo dvijeniya Kamolot - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yoshlarini eng tashvishlantiradigan muammolar ma’lum bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, Markaziy Kengash raisi boshchiligidagi 21 kishilik delegatsiya tarkibidan qator yuqori davlat organlari vakillari o‘rin olgan.

Delegatsiya safari davomida Rossiya Federatsiyasida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, Yoshlar ittifoqining Rossiya Federatsiyasi hududidagi boshlang‘ich tashkilotini tuzish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, delegatsiya o‘zbekistonlik yosh mehnat migrantlarining faoliyati, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishadi hamda yashash uchun noqulay sharoitlarda mehnat qilayotgan yigit-qizlarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘mak beriladi.

Shuningdek, ushbu safar davomida yoshlarga tegishli yana qator muhim masalalar ko‘rib chiqilishi va hal etilishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0