O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradagi hodisani dushanba kuni muhokama qiladi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishPogranichnaya zastava v Respublike Altay
Pogranichnaya zastava v Respublike Altay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat chegara xizmati hamda boshqa tegishli muassasalar rahbarlari darajasida uchrashuv o‘tkaziladi, hamkorlikdagi ishchi guruh hodisa yuzasidan sinchkovlik bilan surishtiruv ishlarini o‘tkazib, natijalar haqida tez vaqt ichida axborot beradi

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston Bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Sapar Isakovlar yakshanba, 8-aprel kuni chegarada yuz bergan otishma yuzasidan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Hukumat rahbarlari kuni kecha o‘bek-qirg‘iz chegarasida yuz bergan va oqibatda 1984-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosini o‘limini olib kelgan hodisani muhokama qildilar.

Pogranichniki na slujbe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi hodisa: O‘zbekiston tomon huquqbuzar ogohlantirilganini aytmoqda
"Tomonlar dushanba, 9-aprel kuni ikki mamlakat chegara xizmatlari hamda boshqa tegishli muassasalar rahbarlari darajasida uchrashuv o‘tkazilishiga kelishib oldilar", — deb ta’kidladi O‘zbekiston hukumati matbuot-xizmatida.

Hamkorlikdagi ishchi guruh hodisa bo‘yicha sinchkovlik bilan surishtiruv o‘tkazadi hamda natijalar haqida tez vaqtda ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, hodisa Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Oqsoy tumani Mamay qishlog‘ida yuz bergan. Qirg‘iz chegara xizmati muassasasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston harbiy askarlari Qirg‘iziston hududida bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarosiga qarshi qurol ishlatishgan. Olingan jarohatlar tufayli fuqaro Kerben shahar kasalxonasida olamdan o‘tgan.

O‘zbekiston tomon ushbu ma’lumotlarni rad etmoqda. Kuch tuzilmalaridagi manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarosi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan va unga qarata o‘t ochilgan vaqtda u O‘zbekiston hududida bo‘lgan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ogohlantirishga qaramay, bo‘ysunmasdan qochib ketishni boshlaganida o‘zbek chegarachilari unga qarata o‘q uzganlar. Huquqbuzar Qirg‘iziston hududigacha yugurib borgan va o‘sha yerda uni sheriklari kutib olib, mashinada kasalxonaga olib ketganlar.

Yangiliklar lentasi
0