O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi hodisa: O‘zbekiston tomon huquqbuzar ogohlantirilganini aytmoqda

© Sputnik / Yegor YeremoPogranichniki na slujbe
Pogranichniki na slujbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston davlat chegarasi xizmati qirg‘izistonlik tomonidan sodir etilgan chegara huquqbuzarligi yuzasidan tafsilotlarni oshkor qildi

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Qirg‘iziston fuqarosi O‘zbekiston chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tdi, unga qarata o‘t ochilgan vaqtda u O‘zbekiston hududida bo‘lgan.

Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kuch tuzilmalaridagi manba xabar qildi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, chegarani buzgan shaxsga dastlab ogohlantirish berilgan, so‘ngra havoga o‘q uzilgan, ammo u to‘xtamagan va kamiga harbiylardan qocha boshlagan.

Pogranichnik na uchastke granisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-qirg‘iz chegarasida otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
"Bo‘ysunmaslik holatidan so‘ng chegarachilar unga qarata o‘q uzdilar. U Qirg‘iziston hududigacha yugurib bordi va o‘sha yerda uni kutib turgan sheriklari mashinaga solib, kasalxonaga olib ketishdi", — dedi manba.

Chegara oldi hududiga qaysi maqsadlarda kirishga urinilgani hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Qirg‘iziston tomonga ko‘ra, Qurulush qishlog‘i yashovchisi, 1984-yilda tug‘ilgan F.M o‘zbek chegarachilari unga qarata o‘t ochishgan vaqtda u Qirg‘iziston territoriyasida bo‘lgan.

Olingan jarohatlardan F.M. Kerben shahri kasalxonasida vafot etgan.

Ushbu hodisa kuni kecha, 7-aprel kuni sodir bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0