O‘zbek-qirg‘iz chegarasida otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Pogranichnik na uchastke granisi
Pogranichnik na uchastke granisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov tegishli idoralarga chegaradagi voqeani O‘zbekiston tomoni bilan sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishni topshirdi.

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. O‘zbekiston chegarachilari Qirg‘iziston fuqarosiga o‘q uzishdi.Respublika davlat chegarasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, fuqaro halok bo‘lgan, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

Hodisa 7-aprel kuni Jalol-obod viloyati Aqsi tumanidagi Mamay maskani hududida sodir bo‘lgan.

Xabarda bildirilishicha, 1984-yilda tug‘ilgan, Qurulush qishlog‘ida yashagan Qirg‘iziston fuqarosi olingan jarohati sababli Kerben shahridagi kasalxonada vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan, hodisa joyida chegara qo‘shinlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan iborat guruh ish olib bormoqda. Ayni paytda ikki mamlakat chegarachilari vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan hodisa sabablarini aniqlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov tegishli idoralarga chegaradagi voqeani O‘zbekiston tomoni bilan sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishni topshirdi.

Yangiliklar lentasi
0