"Buxoro" futbol klubi 300 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishGlavniy sudya vo vremya futbolnogo matcha
Glavniy sudya vo vremya futbolnogo matcha - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Buxoro" klubi sardori Shavkat Salomov esa 10 million so‘m jarimaga tortildi

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi "Buxoro" klubini 300 million so‘m jarimaga tortishga qaror qildi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Superliganing 5-turidan o‘rin olgan "Buxoro" va "Paxtakor" klublari o‘rtasidagi uchrashuv inspektorining bildirgisiga asosan O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bildirilishicha, "Buxoro" — "Paxtakor" o‘yini uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislar avvaliga uchrashuvni boshqarib borayotgan hakamni, keyinroq esa "Paxtakor" futbol klubini haqoratli so‘zlar bilan ommaviy ravishda yerga urdi, deb yoziladi PFL inspektorining bildirgisida. Unda aynan qaysi daqiqalar haqida so‘z ketayotgani ham ko‘rsatilgan. Jumladan, 20, 26 va 55-daqiqalarda ishqibozlar uchrashuv hakamini, 40 hamda 56-daqiqalarda esa raqib jamoani haqoratlashdan tiyilmagan.

Federatsiya futbola Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
"Navbahor" va "Bunyodkor" klublari 500 mln so‘mdan jarimaga tortildi

Mazkur holat musobaqalarni o‘tkazish reglamentining 4-bo‘lim 5.55-bandiga ziddir. Unga ko‘ra, stadionga tashrif buyurgan muxlislarning haqoratli va kamsitish ustiga qurilgan so‘zlarni aytishiga cheklov qo‘yilgan bo‘lib, jazo sifatida kelasi turning muxlislarsiz stadionda o‘tishi mumkinligi, jamoadan 3 ochko olib tashlanishi mumkinligi, klubning musobaqadan chiqarib yuborilishi yoki 500 million so‘mgacha jarimaga tortilishi ehtimoli borligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, "Buxoro" — "Paxtakor" o‘yinining 36-daqiqasida mezbonlar vakili Shavkat Salomov bosh hakam Temur To‘xtasinovning qaroriga qarshilik ko‘rsatishga uringan. Bunda futbolchi og‘zaki qarshilik bilan cheklanmay, hakamning qo‘lini ham ushlab olgan. Shundan kelib chiqib, Shavkat Salomov reglamentning 5.6 bandiga asosan aybdor deb topildi va 10 million so‘m jarimaga tortildi. Mazkur holatni o‘z vaqtida jazolamagan hakam Temur To‘xtasinov esa Superliganing 6 va 7-tur o‘yinlariga, shuningdek, O‘zbekiston Kubogining 1/16 final o‘yinlariga qo‘yilmaydi. Bu vaqt davomida u faqatgina Pro-Liga bellashuvlarini boshqarishi mumkin.

Tartib-intizom qo‘mitasi Superliga va Pro-Liga futbolchilariga futbol hakamlari bilan muloqotga faqatgina jamoa sardorlari kirishishi mumkinligini, ammo ularga keskin qarshilik ko‘rsatish, ularga xalal berish mumkin emasligini eslatib o‘tgan.

PFLning bildirishicha, Shavkat Salomov "Buxoro" futbol klubining sardori, biroq kelasi safar u futbol hakamlariga tegingudek bo‘lsa, jazo choralari bundan jiddiyroq bo‘ladi.

Agar "Buxoro" futbol klubi rahbariyati o‘z fan-klubi va muxlislari bilan ishlamasa, ular o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormasa va oqibatda shunga o‘xshash xunuk holatlar takrorlangudek bo‘lsa, jazo choralari yanada jiddiyroq bo‘ladi. Bu borada "Buxoro" klubi alohida, shuningdek, Superliga hamda Pro-Liganing qolgan klublari ham "Buxoro" misolida yana bir marta yozma ravishda ogohlantiriladi.

Yangiliklar lentasi
0