TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Mevalarni eksport-import operatsiyalarni amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan Rossiya ulgurji savdo kompaniyasi "AyBaRus" O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Hozirgi kunda "AyBaRus" va yana 4 ta Rossiya kompaniyalari Toshkentga kelishgan. Ular WorldFood Uzbekistan ko‘rgazmasida Rossiya ekspozitsiyasini tanishtirishmoqda. Stend tashkilotchisi Rossiyaning xalqaro iqtisodiy aloqalar va tashqi savdoni rivojlantirish Kengashi bo‘ldi.
"Rossiya stendida 5 ta kompaniya havola etilgan. Ular yog‘-moy, sous, ketchup, tez pishadigan oziq-ovqat mahsulotlarni ishlab chiqarish, shuningdek meva va savzavotlarni eksport-import operatsiyalari bilan shug‘ullanishadi. Rossiyaning jamoaviy stendi ilk bor bunday ko‘rgazmada ishtirok etmoqda", — deb javob berdi Sputnik muxbiriga kengash vakili Yelizaveta Litvin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 3 kunlik ko‘rgazmada o‘zbek sheriklar bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. "AyBaRus" kompaniyasi O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlarni xarid qilish, shuningdek Tailanddan O‘zbekistonga ekzotik mevalar — mango, avokado, kivi va boshqa mevalarni yetkazish masalasini muhokama qilishni rejalashtirgan.
"Har bir kompaniya qiziq mahsulotlarni taklif qilmoqda, aminmanki, ko‘rgazma yakuni bo‘yicha shartnomalar imzolanadi. Biz o‘z tomonimizdan O‘zbekiston bilan ishlarni jadallashtirmoqchimiz. Chunki bu bozorda Rossiya kompaniyalarda katta qiziqish borligini ko‘rmoqdamiz. Hozir shu yilda bir necha biznes-missiyalarni tashkil qilishni ko‘rib chiqmoqdamiz. Ular ichida nafaqat Rossiya kompaniyalariga, balki xorijiy kompaniyalarga ham ko‘zda tutilgan", — dedi Yelizaveta Litvin.
Umuman, suhbatdoshning fikricha, bugungi kunda kengash O‘zbekiston bilan hamkorlikni qilish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqda. Rejalarda, masalan, respublikada tibbiyot ko‘rgazmasiga Rossiya kompaniyalarini olib kelish, tarmoq vazirlik va idoralar aloqalarni yaxshilash ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yil ko‘rgazmada 26 davlatdan 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etishmoqda. Ular ichida Avstriya, Belarus, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Gollandiya, BAA, Koreya, Rossiya, Slovakiya, Sloveniya, AQSh, Turkiya, Ukraina, Fransiya va boshqalar.
Kirov viloyati eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi, Oltoy eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muvofiqlashtirish markazi, Smolensk ishlab chiqaruvchilar uyushmasi hamda Belarus korxonalari kollektiv stendi birinchi marta namoyish etildi.