O‘zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo to‘g‘risida shartnomasini tayyorlashmoqda

© Ministerstvo vneshney torgovli UzbekistanaUzbekistan i Tursiya gotovat Soglashenie o preferensialnoy torgovle
Uzbekistan i Tursiya gotovat Soglashenie o preferensialnoy torgovle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar imtiyozlar qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxatini muhokama qilishdi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligida Turkiya delegatsiya vakillari ishtirokida ikki davlat o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida shartnoma loyihasini muhokama qilish bo‘yicha ikkinchi uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda bugun ushbu vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Stambul, Tursiya - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi fuqarolarni Turkiyadagi mehmonxonalarda ishlashga taklif etmoqda

Muzokaralarda O‘zbekiston tomonidan Tashqi savdo, Tashqi ishlar, Adliya, Iqtisodiyot vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, "O‘zstandart" agentligi va "O‘zbekekspertiza" AJ dan ekspertlar qatnashdi.

Muzokaralar markazida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasining matni, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi savdo munosabatlari doirasida imtiyozlar taqdim etiladigan tovarlar ro‘yxati bo‘ldi.

2017 yil 25-oktabrda O‘zbekiston prezidenti tashrifi chog‘ida o‘zbek-turk savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

Yangiliklar lentasi
0