Mirziyoyev MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Lebedevni orden bilan mukofotladi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishPredsedatel ispolnitelnogo komiteta – ispolnitelnogo sekretarya SNG Sergey Lebedev
Predsedatel ispolnitelnogo komiteta – ispolnitelnogo sekretarya SNG Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mukofotni MDH ishtirokchi-davlatlari tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi majlisida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov topshirdi

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedevni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Predsedatel Ispolnitelnogo komiteta – ispolnitelniy sekretar SNG Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lebedev: tug‘ilib-o‘sgan yurtim O‘zbekistonni mehr bilan eslayman

Mukofotni MDH ishtirokchi-davlatlari tashqi ishlar vazirlari Kengashining Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov topshirdi.

"O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmonini o‘qib berdi va Sergey Lebedevga ko‘p tomonlama samarali aloqalar, MDH doirasida do‘stona va yaqin qo‘shnichilikka asoslangan davlatlararo munosabatlar, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ko‘p tomonlama loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtiroki uchun yuqori davlat mukofotini topshirdi", — deyiladi xabarda.

Lebedev uning faoliyatiga yuqori baho bergani uchun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining samimiy va chuqur minnatdorligini yetkazishni so‘radi va o‘zi tug‘ilib o‘sgan mamlakati – O‘zbekistonning oliy davlat mukofotlaridan birini olish uning uchun alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev tavalludining 70-yilligi arafasida ushbu orden bilan mukofotlandi. Lebedev 1948-yil 9-aprelda Jizzaxda tug‘ilgan.

Yangiliklar lentasi
0