Chet ellik xodim Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimi uchun mutaxassis ajratilishi to‘g‘risidagi kelishuvga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga noyabr oyida qilgan davlat tashrifi doirasida erishilgan edi

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Janubiy koreyalik Kim Yu Shik Toshkent shahar hokimi maslahatchisi bo‘ldi, u mamlakat poytaxtida IT-loyihalarni rivojlantirishga ko‘maklashadi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati.

Proyekt Umnogo goroda Nurafshon - Sputnik O‘zbekiston
To‘ytepani tanimay qolasiz: mamlakatning ilk "aqlli" shahri qanday bo‘ladi
Toshkent shahar hokimligiga birinchi xorijlik xodim ishga olindi. Janubiy koreyalik mutaxassis, Seul meriyasi departamenti vakili Kim Yu Shik shahar hokimining poytaxt ma’muriyati faoliyati tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi ishlariga mas’ul maslahatchisi bo‘ldi.

IT sohasida 20-yillik ish tajribasiga ega Kim Yu Shik Janubiy Koreya poytaxtida ITni rivojlantirish bilan shug‘ullangan va Seuldagi barcha jamoat joylarining bepul Wi-Fi nuqtalari bilan ta’minlanishi bo‘yicha loyihada ishtirok etgan.

Toshkent shahar hokimi uchun mutaxassis ajratilishi to‘g‘risidagi kelishuvga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga noyabr oyida qilgan davlat tashrifi doirasida erishilgan edi.

Janubiy koreyalik mutaxassis bilan bir yillik shartnoma tuzilgan. Hokim maslahatchisiga maoshni Seul meriyasi to‘laydi, Toshkent hokimligi esa uning yashash va qatnovlar uchun ketgan xarajatlarini qoplaydi.

Yangiliklar lentasi
0