To‘ytepani tanimay qolasiz: mamlakatning ilk "aqlli" shahri qanday bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatining ma’muriy markazi - Nurafshon shahrining video loyihasi taqdim etildi

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Nurafshon O‘zbekistondagi birinchi "aqlli" shahar bo‘ladi. Toshkent viloyat prokuraturasi saytida Toshkent viloyatining ma’muriy markazi — Nurafshon shahrining video loyihasi taqdim etildi.

Shaharda ma’muriy binolar, zamonaviy va qulay turar joylar, biznes markazlar, mehmonxonalar, sport majmualari, yoshlar ijodiyot markazi, kutubxona, maktablar, ko‘p tarmoqli shifoxona bunyod etiladi.

Istirohat bog‘lari, bog‘lar, maydonlar, piyodalar va velosipedchilar uchun hiyobonlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Samarali jamoat transporti tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Shahar markazi orqali sun’iy anhor oqib o‘tadi, uning yoqasi bo‘ylab yo‘l yotqizilib, kafe, do‘kon va boshqa obyektlar ochiladi.

Toshkent va Nurafshonni tezurar avtomobil yo‘li bog‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, avval Toshkent viloyati o‘zining ma’muriy markaziga ega emas edi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 25-avgust kuni To‘ytepa shahrining nomini Nurafshonga o‘zgartirish haqidagi qarorni tasdiqladi.

O‘z navbatida senatorlar shaharni viloyat boshqaruvidagi shaharlar toifasiga kiritish hamda Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilash haqidagi qarorni tasdiqlashgan.

Yangiliklar lentasi
0