TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida qator boshqarmalar tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi Farmonda aytib o‘tilgan.
a) Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi va uning tuzilmasiga kiruvchi:
Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnikaviy ko‘mak vositalarini jalb qilish boshqarmasi;
Eksport va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish boshqarmasi;
Hukumatlararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;
Turizmni rivojlantirish sohasidagi xalqaro hamkorlik boshqarmasi;
b) Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati negizida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi;
v) Konsullik boshqarmasi negizida Konsullik-huquq departamenti;
d) Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi va uning tarkibida Murojaatlarni qabul qilish sektori (koll-sentr);
e) Diplomatik servis xizmati negizida Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish burosi;
j) "Jahon" axborot agentligi negizida "Dunyo" axborot agentligi va Media-markaz;
z) Tarjimonlar burosi;
i) Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi negizida Tahlil va prognozlashtirish markazi;
k) Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.