Jamiyat

TIV Konsullik boshqarmasiga murojaatlar soni ikki baravarga oshdi

© Facebook / Zdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Murojaatlarning 52%i davlat rahbarining virtual qabulxonasi orqali, qolgan qismi vazir virtual qabulxonasi, pochta xizmati va boshqa tizimlar orqali kelib tushgan

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. 2017 yili Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi tomonidan fuqarolardan jami 4857 ta murojaat qabul qilindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati maʼlum qildi.

Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston TIV: kelgusi yilda barcha konsullik yordamlari elektron shaklga oʻtkaziladi

Murojaatlarning 52%i davlat rahbarining virtual qabulxonasi orqali, qolgan qismi vazir virtual qabulxonasi, pochta xizmati va boshqa tizimlar orqali kelib tushgan.

Arizalarda asosan Oʻzbekiston fuqarolariga ularning huquq va manfaatlarini tiklash boʻyicha konsullik va yuridik yordam koʻrsatish, xorijdagi qarindoshlari va yaqinlari oʻlimi sabablarini aniqlash va jasadlar keltirishda yordam berish, chet el davlatlari hududida oʻzlariga yoki yaqin qarindoshlariga qarshi jinoiy ishlarni obʼyektiv tergov qilinishini taʼminlash masalalari koʻrsatilgan.

Shuningdek, vatandoshlar aliment, imtiyozlar, ish haqini undirish va shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarilishida yordam koʻrsatishni soʻrashgan.

Maʼlumotlar tahlili koʻrsatishicha, murojaatlar soni 2016 yilga nisbatan ikki barabar ortgan, 75 ta ariza anonim boʻlgani uchun koʻrib chiqilmagan.

Yangiliklar lentasi
0