TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Bog‘chaga farzandni joylashtirish xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi, deb xabar berildi Maktabgacha ta’lim vazirligining Feysbukdagi sahifasida.
Qarorga ko‘ra 2018-yil 1-apreldan boshlab, Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari olish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.
Yo‘llanmani olish tartibi etib, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yo‘llanmalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelgan holda murojaat qiladilar yoki elektron tarzda davlat xizmatlari olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatga olinishi belgilangan.
Yo‘llanmalar muassasalarda o‘rinlar bo‘shagan kuni navbatga muvofik rasmiylashtiriladi. Bunda imtiyozli ro‘yxatga kiritilganlar bo‘yicha yo‘llanmalar umumiy ro‘yxatga kiritilganlarga nisbatan birinchi navbatda rasmiylashtiriladi.
Bolalarni muassasaga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanmalar kelib tushgan yoki taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Qarorda qayd etilganidek, bolalarni muassasaga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati bepul amalga oshirilishi begilangan.