Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlari Anqarada uchrashadi

© Sputnik / Michael Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin na bortu prezidentskogo samoleta vo vremya poleta na aviabazu Xmeymim v Sirii
Prezident RF Vladimir Putin na bortu prezidentskogo samoleta vo vremya poleta na aviabazu Xmeymim v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anqarada uch mamlakat rahbarlari Suriyada tinchlik o‘rnatish masalasini muhokama qilishadi.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Toyyib Rajab Erdo‘g‘on taklifiga binoan ikki kunlik tashrif bilan Anqaraga keldi, RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya Ostona muzokaralariga umid bilan qaramoqda

Bu Rossiya  prezidentining saylovda qozongan g‘alabasidan so‘ng amalga oshirgan ilk tashrifi bo‘ldi.

Tashrif boshida Vladimir Putin Rossiya bilan hamkorlikda qurilayotgan "Akkuyu" atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan videokonferensiyadan boshlandi. Ikki mamlakat rahbarlari birgalikda stansiyaning birinchi energobloki poydevoriga beton quyishni boshlashga buyuruq berishadi.

Undan so‘ng Putin va Erdo‘g‘onning tor doiradagi muzokaralari va ikki mamlakat Oliy darajadagi hamkorlik kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi. Ushbu ikki tadbirdan so‘ng Turkiya va Rossiya orasida bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Chorshanba kuni Anqarada Rossiya, Turkiya va Eron davlatlari rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu uch mamlakat, Suriyada tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan Ostona anjumani a’zolari bo‘lib,  tinchlik o‘rnatishga kafolat bo‘lishni o‘z zimmalariga olishgan.

Tashrif doirasida Rossiya va Turkiya rahbarlari birgalikda matbuot anjumani o‘tkazishni ham rejalashtirishgan.

Yangiliklar lentasi
0