TOShKENT, 4 apr — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi 29-apreldan boshlab Samarqand va Farg‘onadan Qozonga qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi.
"Qozon shahriga parvozlar sonini ko‘paytirish O‘zbekiston bilan Tatariston o‘rtasida iqtisodiy va gumanitar yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlanishi va yo‘nalishda talabning ortishi bilan bog‘liq", — deyilgan xabarda.
Qozon shahriga yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar Samarqanddan yakshanba kuni, Farg‘onadan seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Parvozlar zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK haftada ikki marta Toshkent-Qozon yo‘nalishida parvoz amalga oshiriladi.