S7 Airlines Moskvadan Samarqandga parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii S7
Samolet aviakompanii S7 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parvozlar zamonaviy Airbus A320 avialaynerlarida amalga oshiriladi

TOShKENT, 4 apr – Sputnik. Rossiyaning S7 Airlines kompaniyasi 30-apreldan Moskvadan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, S7 Airlines aviareyslari "Domodedovo" aeroportidan Samarqandga dushanba kunlari amalga oshiriladi. Samolyot Moskvadan 21:35da havoga ko‘tariladi, Samarqand aeroportiga mahalliy vaqt bilan 3:35da qo‘nadi. Samarqanddan esa seshanba kunlari 5:05da parvoz qiladi, Moskvaga 7:20da qo‘nadi. Parvozlar zamonaviy Airbus A320 avialaynerlarida amalga oshiriladi.

Samolet Airbus A319 aviakompanii Turkish Airlines v Mejdunarodnom aeroportu imeni Ataturka v Stambule - Sputnik O‘zbekiston
Turkish airlines kompaniyasi Istanbul-Samarqand yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

"Sayohatchilar tobora sobiq sovet respublikalari, jumladan O‘zbekistonga sayohat qilishni tanlashmoqda. Moskvalik yo‘lovchilarga Samarqand dunyoning qadimiy shaharlaridan biri sifatida qiziq bo‘lishi tabiiy. XV asr me’moriy obidalari saqlanib qolganligi tufayli u YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan", – deydi S7 Group tijorat direktori Igor Veretennikov.

S7 Airlines aviakompaniyasi ichki yo‘nalishlarda keng tarmoqqa ega. Aviakompaniya shuningdek, MDH, Yevropa, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani hududi mamlakatlariga reyslarni amalga oshiradi.

S7 Airlines dunyoning eng yaxshi 100 aeroporti ro‘yxatiga kiradi va Skytrax xalqaro reytingida Sharqiy Yevropada uchinchi o‘rinda turadi.

Yangiliklar lentasi
0