Deli shahrida o‘zbek-hind do‘stlik jamiyati o‘z ish faoliyatini tikladi

© Sputnik / Vitaliy Savelyev / Mediabankka o‘tishSentralnaya chast goroda Deli
Sentralnaya chast goroda Deli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deli shahrida o‘zbek-hind do‘stlik jamiyati 2001-yilda notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatga olingan.

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Deli shahrida 9-yillik tanaffusdan so‘ng o‘zbek-hind do‘stlik jamiyati o‘z ish faoliyatini tikladi, deb xabar qildi "Jahon" axborot agentligi.

Uzbekskie voyennoslujashie - Sputnik O‘zbekiston
OAV: O‘zbekistonda Hindiston mudofaa zavodi qurilishi mumkin

"Bizning tashkilotimiz O‘zbekiston ravnaqi uchun hissa qo‘shishiga harakat qilmoqdamiz. Xususan, fan, ta’lim va ma’daniyat sohalarda loyihalarni amalga oshirish borasida ish olib bormoqdamiz. Tashkilot imkoniyatlari orqali turli sohalardagi talabalar va mutaxassislarni almashishni yo‘lga qo‘yish juda muhimdir", — deb ta’kidladi jamiyat raisi Anil Kumar Shastri.

Ushbu jamiyat 2001-yilda notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatga olingan. Uning asosiy vazifasi — ikki davlat o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdir.

Bundan avval, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuz mavsumida Hindistonga tashrif rejalashtirilganligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, mart oyida mamlakatlar hamkorlikda Toshkentda tadbirkorlikni rivojlantirish markazini tashkil etishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0