Twitterdagi xabarni o‘chirib tashlagani uchun Zaxarova Britaniyani tovlamachilar deb atadi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk Britaniya TIV o‘zining Twitterdagi sahifasidan Rossiyani Sergey Skripalni "Novichok" kimoviy moddasi bilan zaharlashda ayblashga sabab bo‘lgan xabarini o‘chirib tashladi

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Buyuk Britaniya TIVning sobiq polkovnik Sergey Skripalning zaharlanishiga Rossiyani aloqadorlikda ayblovchi xabarini Twitterdagi sahifasidan o‘chirib tashladi. Bunga Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘z munosabatini bildirdi.

Tvit 22-mart kuni chop etilgandi.

Perviy zamestitel predsedatelya komiteta Soveta Federatsii RF po mejdunarodnim delam Vladimir Djabarov - Sputnik O‘zbekiston
Jabarov: "Skripal ishi" mojarosi Meyning karyerasiga nuqta qo‘yishi mumkin

"Mana hammasining bahosi — tvitning o‘chirilishi. Uning asosida esa bosh vazir parlamentda chiqish qilgandi. Bugun bu iborani qo‘llayman, shunchaki tug‘ma tovlamachilar! Bugun tvit chop etishadi, keyin millionta retvit qilishadi, vaqt o‘tgach uni o‘chirib tashlashdi. Keyin esa boshlanadi, noto‘g‘ri tushunibsizlar, aslida biz bu highly likely (katta ehtimol bilan — tahr.) degandik, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblov emas degan gaplar", — dedi Mariya Zaxarova chorshanba kuni o‘tkazilgan brifingda.

Buyuk Britaniya TIVning 22-mart kuni e’lon qilgan tvitida shunday deyilgandi: "Porton-Daundagi fan va texnologiyalar mudofaa laboratoriyasida jahonning yetakchi ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tahlillar bu Rossiyada ishlab chiqarilgan "Novichok" asabni falajlovchi jangovar moddasi ekanligini ko‘rsatdi. Porton-Daun — bu KQTT (Kimoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilot) tomonidan akkreditatsiya qilingan va tasdiqlangan laboratoriya".

​Laboratoriyaning o‘zi 3-aprel kuni Twitterdagi sahifasida chop etgan tvitda: "Ekspertlarimiz asabni falajlovchi modda "Novichok" ekanligini aniqlashdi. Moddaning manbasini tasdiqlash hech qachon bizning mas’uliyat doiramizga kirmagan va kirmaydi", deyiladi.

Britaniyaning Solsberi shaharchasida 4-mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Britaniya tomon Skripallarning A234 moddasi bilan zaharlanishida Rossiyaning aloqasi borligini ta’kidlamoqda. Rasmiy Moskva buni qat’iy inkor etib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0