TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Turkish airlines kompaniyasi juma kunidan boshlab Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni boshladi, deb xabar qildi RIA Novosti O‘zbekiston aviakomaniyasi vakiliga tayangan holda.
"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK 2017-yil 30-oktabr kunidan boshlab Istanbuldan Samarqandga parvozlarni amalga oshirishni boshlagandi.
"Turk aviakompaniyasi Istanbul-Samarqand-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiradi", — deb ta’kidladi aviakompaniya vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda tomonlar Turkiyadan O‘zbekistonning boshqa shaharlariga parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.