TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Toshkentning ikkinchi yirik temiryo‘l bekati 4-apreldan boshlab ishga tushadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Toshkent–Janubiy” temiryo‘l vokzali dastlab 1963-yilda ishga tushirilgan edi. Oxirgi yillarda Janubiy vokzal asosan Sirdaryo, Xavast va Guliston yo‘nalishlarida qatnaydigan elektr poyezdlariga xizmat ko‘rsatib kelayotganedi.
Janubiy vokzal yangi binosi zamonaviy va qulay bo‘lib uning dizayni takrorlanmas va o‘ziga xos uslubda amalga oshirilgan.
Vokzal umumiy maydoni 9,7 gektar bo‘lib, uzunligi 650 metr bo‘lga perron va ikkita platformaga ega. Poyezdlar uchta yo‘lda qabul qilinadi. Vokzal binosi oldida diametri 14m bo‘lgan ikkita fontan qurilgan. Vokzalda 12ta chiptaxona va 4ta axborot ustuni bor.
Vokzal binosi ichida qator pullik va bepul xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan: kutubxona, ona va bola xonasi, Wi-Fi internet, tibbiyot xonasi, bufet, VIP–zal, bepul aravachalar va boshqa xizmatlar.
Janubiy vokzaldan Urganch, Buxoro, Qo‘ng‘irot, Olot, Shovot, Termiz, Sariosiyo,Sirdaryo va Guliston yo‘nalishlaridagi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.