TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Kecha soat 19da Qirg‘izistonga Toshkent — Bishkek — Baliqchi poyezdi yetib keldi. Uni "Kirgiz temir jolu" davlat korxonasi direktori Almazbek Nogoybayev boshchiligidagi delegatsiya kutib oldi.
O‘zbekistondan kelgan delegatsiyaga "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi direktori o‘rinbosari Ravshan Ikromov boshchilik qildi. 77 kishilik delegatsiya temiryo‘lchilar, soha faxriylari va oddiy yo‘lovchilardan tashkil topgan, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.
© Sputnik / Tabildi KadirbekovPoyezd vstretila delegatsiya gosudarstvennogo predpriyatiya "Kirgiz temir jolu" vo glave s direktorom Azamatom Nogoybayevim
Poyezd vstretila delegatsiya gosudarstvennogo predpriyatiya "Kirgiz temir jolu" vo glave s direktorom Azamatom Nogoybayevim
© Sputnik / Tabildi Kadirbekov
Poyezd Bishkek temir yo‘l vokzalida 40 daqiqa turdi va Issiq-Ko‘l viloyatining Baliqchi shahriga yo‘l oldi. Bundan buyon Toshkentdan Baliqchiga poyezd har payshanba kuni qatnaydi. Tarkib yettita vagon-kupe, uch plaskart va vagon-restorandan iborat.