Mirziyoyev qurilish vazirligini tashkil etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStroitelstvo doma v Tashkente
Stroitelstvo doma v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident farmonida ushbu vazirlik O‘zbekistonda arxitektura va qurilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanishi belgilab qo‘yilgan

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tashkil etilmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri prezident farmoniga tayangan holda.

Rabochie na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda quruvchilar kasb bayrami ta’sis etildi
Prezident farmonida ushbu vazirlik O‘zbekistonda arxitektura va qurilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanishi belgilab qo‘yilgan.

Vazirlik vazifalariga shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish kiradi.

Shuningdek, vazirlik respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish bilan shug‘ullanadi.

Vazirlikning tashkil etilishi qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilishga, raqobatni rivojlantirishga, yangi subyektlarning innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar mavjudligi bilan bog‘liq.

Xususan, shaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, oqibatda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirishning o‘rta muddatli va istiqbolli yo‘nalishlari belgilanmagan. Arxitektura va qurilish organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi qurilish va rekonstruksiya jarayonlarini to‘liq kuzatib borishni ta’minlash, shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatini samarali nazorat qilish uchun mavjud resurslarni safarbar etishga imkon bermayapti.

Shuningdek, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi arxitektura-qurilish sohasini jadal rivojlantirish vazifalarini samarali ro‘yobga chiqarishga imkon bermayapti, kadrlarni moddiy rag‘batlantirish darajasining pastligi esa malakali mutaxassislarning tizimdan ketib qolishiga olib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0