O‘zbekistonda quruvchilar kasb bayrami ta’sis etildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRabochie na stroitelnoy ploshadke
Rabochie na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yildan boshlab avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” deb e’lon qilindi.

TOShKENT, 8-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev quruvchilar kunini ta’sis etish haqidagi qarorini imzoladi.

Prezident qarorida aytilishiga ko‘ra,  2017-yildan boshlab har avgust oyining ikkinchi yakshanba kuni “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” deb e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan 23,8 mingta pudrat tashkilotlari, 31 ta bosh loyiha instituti va 1000 ga yaqin loyiha tashkilotlari bor.  Qurilish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha 3 ta arxitektura va qurilish institutlari  hamda 12 ta oliy ta’lim muassasasi va 390 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat yuritmoqda.

Yangiliklar lentasi
0