TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Konversion kartalardan naqd valyuta yechish operatsiyalari boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
2 Aprel 2018, 11:38
Tijorat banklaridan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, hech qanday navbat va ajiotaj kuzatilmayapti.
Mijozlar kartalaridan ko‘pi bilan 500 dollargacha pul yechishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Markaziy bankka 2018-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda yechib olish mexanizmini joriy etish vazifasi topshirilgandi.