Markaziy bank I-chorakda narxlar barqarorlashganligini ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
Markaziy banki ta’kidlashicha, mamlakatda narxlarning keskin o‘sishiga hech qanday obyektiv sabablar yo‘q.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yil I-chorakda asosiy iste’mol tovarlarning narx darajasi barqarorlashdi.

Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Rasman: 1-apreldan xorijiy valyutani kartadan yechib olish mumkin bo‘ladi

Bu Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan respublika viloyatlarda narxlar dinamikasini kuzatish natijalari dalolat beradi.

Asosiy iste’mol tovarlarning narxlari ko‘rsatilgan davrda o‘rtacha 1 % ortdi.

Shu o‘rinda mart oyida ushbu guruh tovarlarning 0,4 % ga kamayganligi, yanvar va fevralda narxlar 0,6 % va 0,7 % ga ortdi.

Xususan, 2018-yil yanvar-mart oylarida piyoz — 46,4%, tuxum — 23,3 %, shakar — 10 %, kartoshka — 6,2 %, guruch — 4,2 %, o‘simlik yog‘i — 3,2 %, un — 2,2 %, sabzi — 1,8 % arzonlashdi.

Go‘sht narxi — 1,1 % ga ko‘paydi.

Iste’mol nooziq-ovqat tovarlar narxlari bo‘yicha kiyim-kecha — 4,9%, payabzal — 3,8%, televizor — 7,8 %, changutgich — 4,4%, muzlatkich — 3,5 % ga kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0