Rasman: 1-apreldan xorijiy valyutani kartadan yechib olish mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishDengi
Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 noyabrga qadar turistlar ko‘proq boradigan joylarda kunu-tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etiladi

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 1-apreldan xalqaro to‘lov kartalaridagi xorij valyutasini naqd shaklda yechib olish mumkin bo‘ladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston valyuta olib chiqish tartibini soddalashtirdi

Bu O‘zbekiston prezidentining qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, Markaziy bankka 2018-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda yechib olish mexanizmini joriy etish vazifasi topshirildi.

Bundan tashqari, xorijiy valyutaning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish va xalqaro to‘lov kartalaridan pul mablag‘larini xorijiy va milliy valyutadagi muddatli omonatlarga o‘tkazishni ta’minlovchi jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimi joriy etilishi lozim. Bu onlayn rejimda so‘mni boshqa xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish imkonini beradi.

Turistlar uchun ham xursand bo‘lishga arziydigan yangilik joriy etilmoqda — 1-noyabrga qadar turistlar ko‘proq boradigan joylarda kunu-tun rejimda ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0