Kuzmina: Markaziy Osiyoda barcha O‘zbekiston haqida gapirmoqda

© Foto iz arxiva E.KuzminoyEkspert Yelena Kuzmina
Ekspert Yelena Kuzmina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik iqtisodchi Yelena Kuzmina Markaziy Osiyodagi siyosiy va savdo-iqtisodiy voqeliklar qay darajada o‘zgargani va O‘zbekiston endi mintaqada qanday o‘rinni egallagani haqida gapirdi

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Markaziy Osiyoda barcha faqat O‘zbekiston haqida gapirmoqda, dedi Sputnik radiosi efirida rossiyalik iqtisodchi Yelena Kuzmina.

Amerikanskiy ekspert  i politolog Frederik Starr - Sputnik O‘zbekiston
Frederik Starr: O‘zbekiston global miqyosdagi islohotlar markaziga aylangani bejizga emas
Ekspert so‘zlariga ko‘ra, mintaqaning turli davlatlarida Markaziy Osiyo kelajagi bo‘yicha qarashlar ham turlicha, ammo bitta fikrda ular yakdil — barcha tinchlik va yaxshi qo‘shnichilik tarafdoridir.

"O‘zbekiston o‘zining Markaziy Osiyo bo‘yicha pozitsiyasini e’lon qildi, va kun tartibiga kiritilgan asosiy masala — bu chegara masalasidir. Ammo hatto Qozog‘iston bilan ham bunday hujjat haligacha imzolanmagan. Boshqa davlatlar bilan ham unchalik katta bo‘lmasa-da, munozarali hududlar bor. Ammo hozirdanoq oldinga siljishlar ko‘zga tashlanmoqda — odamlarni chegaradan o‘tkazishni boshlashdi, viza tartibi soddalashtirilgan yoki bekor qilingan, chegara orqali tovarlarning harakatlanish jarayoni ham sezilarli soddalashtirilgan. Bu Toshkentning qo‘shnilar bilan munosabatida haqiqiy yorqin voqeadir", — deb ta’kidladi Kuzmina.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi mamlakatlarning aksariyati hozir aynan O‘zbekistonga o‘z e’tiborini jalb qilgan. Tojikiston, misol uchun, faqat o‘z qo‘nilari haqida gapirmoqda, Qirg‘iziston ham Qozog‘iston bilan teng qatorda O‘zbekistondan manfaatdor. Faqagina Turkmaniston garchi mintaqadagi yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan tinchlikparvar doktrinani umumiy hisobda qo‘llab quvvatlasa-da, umumiy pozitsiyani egallamoqda.

Kuzmina: v Sentralnoy Azii vse tolko i govorat ob Uzbekistane

Yangiliklar lentasi
0