Frederik Starr: O‘zbekiston global miqyosdagi islohotlar markaziga aylangani bejizga emas

© Pravitelstvo KRAmerikanskiy ekspert i politolog Frederik Starr
Amerikanskiy ekspert  i politolog Frederik Starr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik taniqli siyosatshunos, professor Frederik Starr Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Afg‘oniston bo‘yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuyida o‘tkazilgan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘yicha eksklyuziv intervyu berdi

- Toshkentda o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya qay darajada muhim?

— Ushbu anjuman Markaziy Osiyo tarafidan tashkil etilgani bilan o‘ta muhim ahamiyatga ega. Sizlar bu orqali mintaqaviy muammolarni jahonning yirik mamlakatlariga ko‘z tikmasdan, o‘zingiz mustaqil hal qila olishingizni ko‘rsatdingiz.

Mintaqadagi ichki va tashqi muammolarni sizlardan boshqa kim ham yaxshiroq bilardi?!

Mazkur muhim tadbir tashabbuskori O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ekanligini alohida ta’kidlashni istardim. O‘zbekiston prezidenti qisqa muddat ichida nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun dunyoda ulkan obro‘ qozondi. Bugungi kunda global miqyosdagi islohotlar markazi aynan O‘zbekiston ekanligi bejizga emas va mamlakat oldida yaxshi istiqbol ochilmoqda.

Mirziyoyev prizivayet k pramomu dialogu mejdu Kabulom i talibami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” muzokaralari uchun sharoit yaratishga tayyor

- Ushbu konferensiya toliblar muammosini qandaydir tarzda hal qilishga va Afg‘onistondagi beqarorlikni pasaytirishga yordam beradimi?

— Toshkent konferensiyasi ulkan ahamiyat kasb etadi va Afg‘oniston muammosini hal qilishda munosib hissa bo‘ladi. U Markaziy Osiyoni iqtisodiyot va xavfsizlik borasidagi umumiy muammolarni yechishga to‘laligicha va bevosita jalb etadi. O‘zbekiston Afg‘oniston taraqqiyotida katta rol o‘ynashi mumkin. Shunisi quvonarliki, Toshkent konferensiyasining yakuniy hujjatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoning yakdil nuqtayi nazari aks etdi. Bundan barcha tomonlar yutadi.

- Toliblar Afg‘onistonning ichki muzokaralar jarayoniga nisbatan qanday nuqtayi nazarda?

— Tolibon o‘zining yetakchilik muammolari bilan to‘qnash kelmoqda. Ular bugungi kunda ichidan yemirilgan va bir-birlari bilan raqobatlashmoqda. Bunga qaramasdan, ularning muzokaralar jarayoniga qo‘shilishi Markaziy Osiyo davlatlari ularga nafaqat eshiklarni ochayotgani, balki afg‘on ziddiyatini butkul bartaraf qilish uchun jiddiy imkoniyatlar yaratilayotganini qay darajada aniq tushuntirishlariga bog‘liq.

- Toshkent konferensiyasi mintaqa tevaragidagi xalqaro keskinlikni pasaytirishi mumkin bo‘lgan Rossiya, Eron, Saudiya Arabistoni hamda Eronning Afg‘oniston bo‘yicha yondashuv va nuqtayi nazarlarini yaqinlashtira oladimi?

Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov i glava MID Tadjikistana Sirodjiddin Aslov - Sputnik O‘zbekiston
Aslov: terrorizmni yo‘q qilish Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi

— Bu davlatlarning barchasi afg‘on masalasida o‘z ulushlariga ega bo‘lish va Afg‘onistondagi mavjud kvo-maqomlarini saqlab qolgan holda mintaqadagi o‘z ta’sirlarini kuchaytirishga urinmoqda. Boshqa tomondan, Pokiston, Rossiya va Eron afg‘on muammosini hal qilishda Saudiya Arabistoni yanada konstruktiv rol o‘ynashiga umid qilmoqda. Afsuski, mintaqadagi va Fors ko‘rfazidagi ayrim fondlar o‘zlarining salbiy, lekin ko‘p jihatdan sezilmaydigan faoliyatlarini davom ettirmoqda.

- Afg‘onistondagi turli transport yo‘nalishlarining o‘zaro to‘ldirilishi ehtimollari haqida nima deya olasiz? Bu yo‘laklarga oid loyihalarni to‘liq amalga oshirish borasida qanday to‘siq va istiqbollar mavjud?

— Janubga "darcha" ochilishi butun Markaziy Osiyo, birinchi navbatda Afg‘onistonning o‘zi uchun o‘ta muhim voqelik bo‘ladi. Ayni paytda asosiy e’tibor Chabahar portiga qaratilmoqda. Fikrimcha, nafaqat bu transport yo‘nalishini amalga oshirish, balki barcha ishtirokchilar uchun ulkan imkoniyatlar taqdim etuvchi Gvadar portiga Markaziy Osiyodan yo‘l ochish kerak. Markaziy Osiyo uchun har ikki loyiha — Chabahar va Gvadar yetkazib beruvchilarga tanlov imkoniyati berish, portlar orasidagi raqobat va narxlarni pasaytirish uchun juda muhim. Ishonamanki, kelgusida albatta shunday bo‘ladi ham.
Mavlon Shukurzoda suhbatlashdi, Vashington-Toshkent.

Yangiliklar lentasi
0