TOShKENT, 2 apr — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" Toshkent Janubiy vokzalidan qaysi poyezdlar jo‘natilishi va kutib olinishi haqida xabar berdi, deb yozadi "Zarafshon" nashri.
Demak, Toshkent Janubiy vokzalidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha poyezdlar jo‘natiladi va kutib olinadi:
Toshkent — Urganch; Toshkent — Buxoro; Toshkent — Andijon; Toshkent — Qo‘ng‘irod; Toshkent — Termiz; Toshkent — Sariosiyo; Andijon — Buxoro;
Andijon — Urganch; Andijon — Termiz; Toshkent — Buxoro (sharq); Toshkent — Termiz (Nasaf); Toshkent — Andijon (O`zbekiston)
Shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar:
Toshkent — Xodjikent; Toshkent — Xovos; Toshkent — Bekobod; Toshkent — Sirdaryo; Toshkent — Guliston
Toshkent Janubiy vokzali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq zamonaviy arxitektura talablari asosida tubdan rekostruksiya qilindi. Vokzalning umumiy maydoni 9,2 gektar bo‘lib, 650 metrlik 3 ta perronga ega.