Muqobili bo‘lmaydi: "Toshkent-janubiy" temir yo‘l vokzali tubdan ta’mirlanmoqda

© railway.uzToshkent janubiy temir yo‘l vokzalining maketi
Toshkent janubiy temir yo‘l vokzalining maketi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutlaqo yangicha qiyofaga keltiriladigan va O‘zbekistonda mavjud vokzallardan tubdan farq qiladigan mazkur inshoot O‘zbekiston Mustaqilligining 26-yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent janubiy temir yo‘l vokzali yangi qiyofa kasb etadi, deb xabar qildi "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot-xizmati.

Toshkent-4 terminali yuqoridan Xumo qushining yoyilgan qanotlarini eslatadi
Aytilishicha, vokzal "xaytek" usulida barpo etiladi. Binoning tashqi ko‘rinishi oq rangda bo‘lib, naqshlar keramika va sun’iy toshlar bilan bezatiladi. Vokzal bir qavatli bo‘lib, toshkent shahar iqlimini inobatga olgan holda isitish va sovutish tizimlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, 8,7 X 6 metr bo‘lgan jahon andozalariga mos yuqori servis xizmati ko‘rsatishga mo‘ljallangan VIP zal rejalashtirilgan.

Inshootning har ikki tomonida avto-turargohlar barpo etiladi. Temir yo‘l kassalari bino tashqarisidan joy olgan bo‘lib, zamonaviy tarzda quriladi. Binoning old tomoni obodonlashtirilib, markazda 20 metr diametrdagi favvora bunyod etiladi.

Bino bir sutkada 10 ming kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega tarzda bunyod etiladi. Shu kungacha bu yerdan faqat shaharlararo yo‘nalishlarda qatnovlar amalga oshirilgan bo‘lsa, endilikda bir qator mahalliy yo‘nalishlar "Toshkent–Janubiy" vokzalidan amalga oshiriladi.

"Boshtransloyiha" AJ tomonidan loyihalashtirilgan va O‘zbekistonda mavjud vokzallardan tubdan farq qiladigan mazkur inshoot O‘zbekiston Mustaqilligining 26-yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0