TOShKENT, 4 sen – Sputnik. O‘zbekistonda xorijiy valyutaning davlat kursi oshishiga qaramasdan, uyali aloqa va internet xizmatlari narxi o‘zgarmaydi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Axborot texnologiyalari vazirligidagi manbaa.
O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi konvertatsiya ochilishi munosabati bilan aloqa operatorlari va internet provayderlarga maxsus yo‘riqnoma yubordi.
Unda aytilishiga ko‘ra, 5-sentabrdan boshlab barcha xizmatlar narxi milliy valyutada belgilangan bo‘lishi kerak.
Ikkinchidan, AQSh dollarida yoki sh.b. da ko‘rsatilgan narxlar hisob-kitob qilinganda, ularning milliy valyutadagi qiymati, O‘zbekiston Markaziy bankining 2017-yil 4-sentabridagi kursi bo‘yicha hisoblangan narxlardan oshmasligi kerak.
Yuqoridagi talablar, prezidentning 3082 va 5177 sonli qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.