Alisher Usmonov o‘z boyliklarini meros fondiga vasiyat qilishi mumkin

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishOsnovatel kompanii USM Holdings Alisher Usmanov
Osnovatel kompanii USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qabul qilinayotgan qonunga ko‘ra, badavlat fuqarolar o‘z nomlari bilan ataluvchi meros fondlari va mukofotlar ta’sis qilishlari mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi qabul qilayotgan yangi qonunga ko‘ra, badavlat fuqarolar o‘z nomlari bilan ataluvchi fondlar va mukofotlar ta’sis qilishlari va ularga o‘z boyliklarini vasiyat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Yangi joriy etilayotgan mexanizm, badavlat ishbilarmonlarning mol-mulklaridan ularning vafotidan keyin ham, qoldirilgan vasiyatnomaga muvofiq – samarali boshqarish, ko‘paytirish va xayriya maqsadlarida foydalanish imkonini yaratadi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, boy-badavlat ishbilarmonlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorislari har doim ham eng mos keladigan boshqaruvchi bo‘la olmaydi.

Ikkinchidan, ayrim badavlat biznesmenlar o‘z vorislarining xavfsizligini o‘ylab  ham ana shunday qarorga kelishgan. Xususan, 2017-yilda boyligi 14,4 milliard dollar baholangan “Alfa grupp” egasi milliarder Mixail Fridman ana shunday fikr bildirgan edi.

Alisher Usmanov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov: qo‘limdan kelganicha O‘zbekistonga yordam beraman

Undan tashqari, mol-mulki 15,2 mlrd baholangan Alisher Usmonov, daromadi 14,3 mlrd $ bo‘lgan “Nornikel” kompaniyasi prezidenti Vladimir Potanin ham o‘z boyliklarining katta qismini me’ros fondlariga o‘tkazish va kelajakda ulardan jamoatchilik manfaatlari uchun foydalanish niyatlari borligini bildirishgan edi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiyada ana shunday me’ros fondlariga ehtiyoj ancha vaqtdan beri bor edi, lekin taaluqli qonun bo‘lmagani tufayli oldin bunday amaliyotlar Buyuk Britaniya yoki boshqa mamlakatlar orqali amalga oshirilar edi. Yangi qonun kuchga kirsa, Rossiyada 2018-yilning 1-sentabrdan boshlab me’ros fondlari tashkil qilish mumkin bo‘ladi.  

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik biznesmenlar xayriya maqsadlarida yildan yilga ko‘proq mablag‘ sarflab kelmoqdalar. Mablag‘lar nafaqat jismoniy shaxslar, balkim kompaniyalar tomonidan ham sarflanmoqda.

DELA.ru nashri xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0