O‘zbekistonga Belarusning yangi elchisi tayinlandi

© Foto: press-slujba MID UzbekistanaGlava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov i vnov naznachenniy chrezvichayniy i polnomochniy posol Belarusi Leonid Marinich
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov i vnov naznachenniy chrezvichayniy i polnomochniy posol Belarusi Leonid Marinich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilov Leonid Marinich bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan oliy va yuqori darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Belarus uchrashuvlari bilan bog‘liq mavzularni muhokama qildi

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Belarusning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Leonid Marinichni qabul qildi.

Obmen papkami s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Belarus hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolaydi

Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan oliy va yuqori darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Belarus uchrashuvlari bilan bog‘liq mavzular ko‘rib chiqildi.

Tomonlar shuningdek, Minsk shahrida O‘zbekiston elchixonasi faoliyat boshlashining amaliy jihatlarini muhokama qildi.

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Leonid Marinichni elchi qilib tayinlar ekan, uning asosiy vazifasi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish ekanligini bildirgandi.

Prezident O‘zbekiston rahbariyatiga Shavkat Mirziyoyev kelganidan so‘ng mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar faol rivojlanayotganini e’tirof etgandi.

Shu bilan birga Lukashenko yaqin vaqtlarda O‘zbekistonga tashrif buyurishini qayd etgandi.

Yangiliklar lentasi
0